Osiyo Le Mans seriyasi

Osiyo Le Mans seriyasi
Hudud Osiyo
Prototip klass LMP2, LMP2 Am, LMP3
GT Klass GT, GT Am
Shinalar yetkazib beruvchilar Michelin
Avtopoygachilar gʼolibi LMP2:
Birlashgan Qirollik Matt Bell
Birlashgan Qirollik Ben Hanley
Qoʻshma Shtatlar Rodrigo Sales
LMP2 Am:
Shveysariya David Droux
Shveysariya Sébastien Page
Fransiya Eric Trouillet
LMP3:
Fransiya Christophe Cresp
Fransiya Antoine Doquin
Fransiya Steven Palette
GT:
Birlashgan Qirollik Ben Barnicoat
Qoʻshma Shtatlar Brendan Iribe
Birlashgan Qirollik Ollie Millroy
GT Am:
Kanada Mikaël Grenier
Birlashgan Qirollik Ian Loggie
Germaniya Valentin Pierburg
Jamoalar oʻrtasida gʻolib LMP2: Birlashgan Qirollik Nielsen Racing
LMP2 Am: Fransiya Graff
LMP3: Ispaniya CD Sport
GT: Birlashgan Qirollik Inception Racing bilan Optimum Motorsport
GT Am: Germaniya SPS automotive performance
Rasmiy vebsayt asianlemansseries.com
Hozirgi mavsum

Osiyo Le Mans seriyasi Automobile Club de l’Ouest (ACO) tomonidan tashkl etilgan va Osiyoda joylashgan avtomobil sporti tashkilotlarining aʼzoligida har yili oʻtkaziladigan poyga musobaqasi hisoblanadi. Ushbu musobaqa 2007-yilda oʻzining ikkinchi mavsumini oʻtkazib tugatilgan Yaponiya Le Man Challengening davomi sifatida tashkil etilgan. ACO xalqaro darajadagi musobaqalarga Osiyo davlatlaridan jamoalar va poygachilarni jalb qilishni maqsad qilgan.

2008-yil 1-2-noyabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida navbatdagi poyga boʻlib oʻtishi kerak edi, ammo keyinchalik bekor qilindi. Mavsumning ilk poygasi, 2009-yil 1000 km.lik Okayama poygasi 2009-yil 30-oktabr va 1-noyabr kunlari Yaponiyaning Okayama shahrida kuniga bittadan 500 km masofadan iborat poygalar boʻlib oʻtdi. Bu ilk mavsumdagi yagona poyga edi. 7-8-noyabr kunlari Xitoyning Shanxay xalqaro trassasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi Osiyo Le Mans seriyasidagi poyga iqtisodiy sabablarga koʻra ACO tomonidan bekor qilindi[1]. Toʻrt toifaning har birida gʻolib boʻlgan jamoalar (LMP1, LMP2, GT1 va GT2) avtomatik ravishda keyingi bosqichga (2010-yilgi Le Manda 24 soat) taklifnoma olishdi. 2013-yilgi mavsum ochlishi 2012-yilgi Le Manda natijalari eʼlon qilinishi bilan boshlandi.

  1. Planetlemans.com Series Update. „Asian Le Mans Series: The latest news“. Planetlemans.com (4-avgust 2009-yil). Qaraldi: 4-avgust 2009-yil.

Developed by StudentB